Bugun
7
O'zbek

«Manchester Yunayted» «Kristal Pelas» yulduzi masalasiga qaytdi

Futbol
12 avgust, 07:38
Yarimhimoyachi Adam Uorton yangi mavsumni Manchester klubi safida boshlashi mumkin.
«Manchester Yunayted» «Kristal Pelas» yulduzi masalasiga qaytdi
Foto: Getty Images

Indykaila News xabariga ko‘ra, seshanba kuni «Manchester Yunayted» vakillari Uortonning ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun «Kristal Pelas» rahbariyati bilan uchrashgan. Ma’lumotni Londondagi manba tasdiqladi. Qayd etilishicha, 22 yoshli futbolchiga «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda Adam Uorton barcha musobaqalarni inobatga olganda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani yetkazib berdi.

Transfermarkt portali Uortonning aktual transfer narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar