Live
1
O'zbek

Klublar futbolidagi eng yaxshi murabbiylar reytingi tuzildi — Enrike birinchi, Pep ikkinchi (top-20)

Futbol
12 avgust, 17:52
Murabbiylar 6 ta mezon asosida baholandi. Mourinio 24-pog'onada.
Klublar futbolidagi eng yaxshi murabbiylar reytingi tuzildi — Enrike birinchi, Pep ikkinchi (top-20)
Foto: Getty Images

ESPN nashri klublar futbolidagi eng yaxshi murabbiylar reytingini tuzdi.

Ro'yhatdan 30 nafar mutaxassis o'rin oldi. Nomzodlar oltita mezon asosida baholandi:

Murabbiylik mahorati — uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish va o'yin davomida o'z taktik tamoyillarini qo'llay olish qobiliyati;

Usul — jamoa o'yinining tomoshabopligi va raqibga o'z futbolini majburan o'tkaza olish mahorati;

Tarkibni boshqarish — futbolchilarni rag'batlantirish va jamoani bor kuchini ishga solishga undash qobiliyati;

Kommunikatsiya ko'nikmalari — klub rahbarlari, futbolchilar, OAV va muxlislarda o'z loyihasiga ishonch uyg'ota olish mahorati;

Natijalar — qo'lga kiritilgan sovrinlar, yuqori divizionga chiqishlar, jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolish va boshqa yutuqlar;

«X faktori» — hayratlantira olish va yangi g'oyalarni taklif qilish qobiliyati.

Top-20 quyidagicha:
1. Luis Enrike («PSJ»);

2. Pep Gvardiola (ishsiz, so'nggi jamoasi – «Manchester Siti»);

3. Mikel Arteta («Arsenal»);

4. Hans-Diter Flik («Barselona»);

5. Unai Emeri («Aston Villa»);

6. Jan Pero Gasperini («Roma»);

7. Xabi Alonso («Chelsi»);

8. Arne Slot (ishsiz, so'nggi jamoasi — «Liverpul»);

9. Vensan Kompani («Bavariya»);


10. Kristian Kivu («Inter»);

11. Oliver Glasner («Nottinghem Forest»);

12. Andoni Iraola («Liverpul»);

13. Antonio Konte (ishsiz, so'nggi jamoasi – «Napoli»);

14. Enzo Mareska («Manchester Siti»);

15. Fransesk Fabregas («Komo»);

16. Fabian Hurzeler («Brayton»);

17. Ernesto Valverde (ishsiz, so'nggi jamoasi – «Atletik»);

18. Diego Simeone («Atletiko»);

19. Sebastian Hyonnes («Shtutgart»);

20. Eddi Hau (ishsiz, so'nggi jamoasi – «Nyukasl»).


Maykl Kerrik («Manchester Yunayted») 21, Joze Mourinio («Real») 24, Ruben Amorim («Milan») 30-pog'onadan joy olgan.

Bugungi yangiliklar