Xulian Alvares "Barselona"ga oʻtish istagini Diego Simeone bilan muhokama qildi.
12 avgust kuni argentinalik hujumchi ta'tildan qaytganidan soʻng ilk bor bosh murabbiy qoʻl ostida "Atletiko" bilan mashgʻulot oʻtkazdi. Mundo Deportivo yozishicha, futbolchi va murabbiy mashgʻulot boshlanishidan oldin suhbatlashgan.
Ma'lum qilinishicha, Simeone va Alvares mashgʻulotga juda erta kelishgan. Diego hali koʻrishmagan shogirdlari, jumladan Xulian, Aleks Baena va Markos Lorenteni qarshi olgan.
Aynan shu paytda Alvares va murabbiy oʻrtasida suhbat boʻlib, futbolchi vaziyat boʻyicha oʻz fikrini bildirgan. Simeone esa uning kelajagi haqidagi qarorni klub qabul qilishini, oʻzi esa murabbiy sifatida faqat sport nuqtayi nazaridan yordam bera olishini aytgan.
Xulianga uning vakillari Fernando Idalgo va Serxio Dias hamrohligida boʻlgan. Ular hujumchining kelajagi masalasini hal qilishga urinish uchun u bilan birga Madridga kelishgan. Biroq "Atletiko" hanuz futbolchini sotishga qat'iyan qarshi.
Simeone va Alvares gaplashib olishdi
Futbol
12 avgust, 16:00
Murabbiy hujumchiga uning kelajagi borasidagi qarorni klub qabul qilishini aytdi.
Foto: Getty Images