"PSJ" Kilian Mbappe "Real"ga ketganidan so'ng yutishi mumkin bo'lgan 12 ta sovrinning 10 tasini qo'lga kiritdi.
Luis Enrike boshchiligidagi jamoa Yevropa superkubogi sohibi bo'ldi. Parijliklar finalda "Aston Villa"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
2024/25 yilgi mavsumda parijliklar Liga 1, Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Shuningdek, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida "Chelsi"ga mag'lub bo'ldi.
2025/26 yilgi mavsumida esa "PSJ" Fransiya chempioni va mamlakat superkubogi sohibi bo'ldi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi va Qit'alararo kubokda g'olib chiqdi. Fransiya Kubogida esa jamoa 1/16 final bosqichida musobaqani tark etdi.
"PSJ" Mbappe ketganidan so'ng 10 ta sovrin yutdi
Futbol
12 avgust, 18:13
Parij klubi fransiyalik hujumchidan keyin faqat 2 ta sovrinni boy berdi.
Foto: Getty Images
12.08.2026
FT
UEFA Superkubogi
Paris Saint-Germain
2
:
1
Aston Villa