Bugun
7
O'zbek

Makginn: «Biz Angliya va Yevropaning eng yaxshi jamoalari bilan raqobatlashamiz»

Futbol
12 avgust, 09:11
«Aston Villa» sardori UYEFA Superkubogi uchun «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Makginn: «Biz Angliya va Yevropaning eng yaxshi jamoalari bilan raqobatlashamiz»
Foto: Getty Images
12.08.2026, 15:00 UEFA Superkubogi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Aston Villa Aston Villa

«Aston Villa» sardori va yarimhimoyachisi Jon Makginn UYEFA Superkubogi uchun bahs doirasida Fransiyaning «PSJ» jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

«Biz Angliya va Yevropaning eng yaxshi jamoalari bilan barqaror raqobatlashamiz. Qiyinchiliklar yetarli, ko‘p narsa o‘zgardi, ammo jamoaning asosi o‘zgarmadi, bizda o‘sha murabbiy, o‘sha usullar va ko‘proq narsaga erishish uchun o‘sha intilish bor. Biz g‘alaba qozonish ishtiyoqini saqlab qolsak, «Villa» muxlislari bizdan eng yuqori natijani kutishlari mumkin» - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UYEFA sayti.

Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi o‘yin bugun, 12-avgust kuni Zalsburgda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 4-o‘rinni egallab, Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar