Live
18
O'zbek

Bellinghem: «Mourinyo bilan ishlash — orzuim, menda yaxshi taassurot bor»

Futbol
13 avgust, 12:20
Angliyalik yarimhimoyachi yangi mavsum oldidan madridliklar safidagi ilk mashg‘ulotlarini boshladi.
Bellinghem: «Mourinyo bilan ishlash — orzuim, menda yaxshi taassurot bor»
Foto: Getty Images
22.08.2026, 15:30 Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol - : - Real Madrid Real Madrid

«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem ta’tildan qaytib, jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Angliyalik futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinyo qo‘l ostida ishlashdan xursand ekanini bildirdi.

«Men uchun Mourinyo kabi murabbiy bilan ishlash — orzu. Uning qanday murabbiy ekanini bilishdan juda xursandman. Bu mavsum haqida yaxshi taassurotga egaman — Mourinyo va yangi transferlar bilan. Ko‘ramiz», — deya Bellinghemning so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.

«Real»da o‘ynash — katta sharaf va imtiyoz. Umid qilamanki, bu yerda ko‘p yillar davomida to‘p tepaman», — dedi angliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 2026/27 yilgi mavsumdagi ilk bahsini 22 avgust kuni safarda «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar