«Real» 2026 yildagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Madrid klubi mavsumoldi bahsida «Deportivo»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Tereza Errera kubogiga ega chiqdi.
Bahsdagi yagona golga Brayim Dias mualliflik qildi. U darvozabon Andrey Luninning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi.
Tereza Errera kubogi XVIII asrda yashagan xayriyachi sharafiga nomlangan. Sovrinning o‘ziga xos jihati uning og‘irligi 40 kilogrammdan ortiqligidir.
Bahsdan so‘ng «Real» futbolchilari klub prezidenti Florentino Peres bilan birgalikda sovrin bilan suratga tushdi. Kubokni Madrid klubi futbolchilaridan ikki nafari ko‘tarib olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, Tereza Errera kubogi rasmiy musobaqa sovrini hisoblanmaydi.