Live
18
O'zbek

«Barselona» Alvaresga muqobil sifatida «Bryugge» hujumchisini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
13 avgust, 12:00
Kataloniya klubi Nikolо Trezoldini 40 million yevroga baholangan variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» Alvaresga muqobil sifatida «Bryugge» hujumchisini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares transferi amalga oshmasa, «Bryugge» forvardi Nikolo Trezoldini tarkibga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchi haqida ma’lumot to‘plamoqda. Trezoldiga «Roma» va Angliyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.

«Bryugge» futbolchini 40 million yevroga baholamoqda. Biroq hozircha klubga ushbu summaga teng taklif kelib tushmagan.

Ma’lumot uchun, Trezoldi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 58 ta bahsda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Club Brugge Club Brugge
Bugungi yangiliklar