Bugun
45
O'zbek

“Barsa” Kunde bilan xayrlashmoqchi emas

Futbol
13 avgust, 04:20
Futbolchi yangi mavsumda markaziy himoyachi sifatida ko‘proq o‘ynashi kutilmoqda.
“Barsa” Kunde bilan xayrlashmoqchi emas
Foto: Getty Images

“Barselona” himoyachi Jyul Kunde bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

“Ko‘k-anorranglilar” murabbiylar shtabi fransiyalik futbolchi kelasi mavsumda ham o‘zining asosiy pozitsiyasi bo‘lgan markaziy himoyada foyda keltirishiga ishonmoqda. Ayniqsa, Ronald Araujo jamoani tark etganidan keyin Kundening bu pozitsiyadagi ahamiyati oshishi mumkin.

Xavi Espart va Erik Garsiya o‘ng qanotdagi o‘yinlari bilan Hans-Diter Flikni ishontira olgani bois Kunde markaziy himoyachi sifatida ko‘proq o‘ynashi kutilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda Jyul “Arsenal”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar