Bugun
45
O'zbek

«Chelsi» Delap uchun narx belgiladi

Futbol
13 avgust, 05:20
London klubi 23 yoshli hujumchini bir yildan so‘ng sotishga tayyor.
«Chelsi» Delap uchun narx belgiladi
Foto: Getty Images

Jurnalist Sem Tabuto ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» hujumchisi Liam Delapni sotishga tayyor. London klubi 23 yoshli futbolchi uchun 58,5 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqadi.

Ayni paytda Delapga «Everton» va «Nottinghem Forest» klublari qiziqish bildirmoqda.

«Chelsi» o‘tgan yozda hujumchini «Ipsvich»dan 35,5 million yevroga sotib olgandi. Delap London klubi safida barcha turnirlarda 41 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Liam Delapning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Everton Everton
  • Nottingem F Nottingem F
Bugungi yangiliklar