«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero «Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmerning o‘yiniga yuqori baho berdi.
«Palmer bilan birga o‘ynaganman, u futbolchi sifatida menga yoqadi. Menimcha, u ajoyib futbolchi. «Siti»da bo‘lgan paytimda uning ko‘p o‘ynash imkoniyati bo‘lmagan, chunki jamoada yuqori darajadagi va ayni paytda yaxshi formadagi ko‘plab futbolchilar bor edi.
«Chelsi»ga o‘tishi unga foyda berdi, chunki u muntazam o‘ynashi kerak edi. Mening nazarimda, hozir u «Chelsi»ning eng yaxshi futbolchisi. U istalgan vaqtda gol urishi yoki golli uzatma berishi va uchrashuv taqdirini o‘zgartirishi mumkin. Palmer, Joau Pedro va Morgan Rojers — yaxshi futbolchilar.
Bunday hujum uchligi barqaror o‘ynashi uchun ularning ortida ishonchli tizim bo‘lishi kerak. «Barselona», «Real» va «Siti»ning eng yaxshi davrlarida aynan shunday edi. Gol urganingizdan keyin jamoa o‘z ustunligini saqlab qola olishi kerak», — deya Aguero so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.
Bu mavsumda Koul 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.