«Milan», «Yuventus» va «Galatasaroy» «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Saymon Stoun xabar berdi.
«Qizil iblislar» sardorining klubdan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar hamon dolzarb bo'lib qolmoqda. Portugaliyalik futbolchining shartnomasida xorijiy klublar uchun 57 million funt sterling (qariyb 67 million yevro) miqdorida tovon puli belgilangan. Biroq futbolchining o'zi jamoa safida faoliyatining ohirigacha qolishni istamoqda.
Ma'lumot o'rnida, yarimhimoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan bo'lib, unda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.
Avvalroq «qizil iblislar» Fernandesh bilan xayrlashishga tayyor ekani ma'lum qilingandi.