Bugun
17
O'zbek

«Manchester Yunayted» Fernandesh bilan xayrlashishga tayyor

Futbol
19 iyul, 07:09
Futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga mo'ljallangan.
«Manchester Yunayted» Fernandesh bilan xayrlashishga tayyor
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh yozgi transfer oynasidan oldin jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Suleyman Rodop xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» portugaliyalik futbolchini 42 million funt evaziga sotishga rozi. Fernandeshga jiddiy qiziqish bildirgan klublar orasida «Galatasaray» ham bor.

Shuningdek, «Al Hilol» klubi ham Brunuga bo'lgan qiziqishlarini qayta tiklashi mumkin. «Galatasaray» ehtimoliy kelishuvda asosiy muammo futbolchining maoshi bo'lishi kutilmoqda.

Futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 37 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

75+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar