Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal JCh-2026 finalida Argentinaga qarshi maydonga tushib, futbol tarixidagi noyob rekord muallifiga aylandi.
Opta ma'lumotiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi Yevropa chempionati va Jahon chempionati finallarida maydonga tushgan ilk o‘smir sifatida tarixga kirdi.
Yamal avvalroq Yevro-2024 finalida ham Ispaniya safida Angliyaga qarshi bahsda ishtirok etgandi. O‘shanda ispanlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, Yamal esa bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
JCh-2026 finaliga qadar Ispaniya yarimfinalda Fransiyani 2:0, Argentina esa Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l olgandi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «MetLife» stadionida jahon chempionligi uchun bahs olib bormoqda.