Bugun
1
O'zbek

Messi, Mbappe, Rodri, Bellinghem — Opta JCH-2026 ramziy jamoasini e'lon qildi

Futbol
20 iyul, 07:05
Chempiondan 4, Argentinadan 2 futbolchi kiritildi.
Messi, Mbappe, Rodri, Bellinghem — Opta JCH-2026 ramziy jamoasini e'lon qildi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Opta statistik portali 2026 yil Jahon chempionati yakunlari bo'yicha turnir ramziy jamoasini tuzdi.

Darvozabon:

Gregor Kobel (Shveytsariya) — bartaraf etilgan gollar ko'rsatkichi bo'yicha eng yaxshi (3,3).

Himoya:

Pedro Porro (Ispaniya) — 2 ta gol urdi, o'yin davomidagi aniq oshirmalar (krosslar) bo'yicha eng yaxshi (24).

Pau Kubarsi (Ispaniya) — himoyachilar orasida aniq uzatmalar bo'yicha eng yaxshi (671), ushbu Jahon chempionatida to'liq o'ynadi.

Lisandro Martines (Argentina) — Argentina safida uzatmalar va aniq uzatmalar bo'yicha yetakchi, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Mark Kukurelya (Ispaniya) — qanot himoyachilari orasida aniq uzatmalar (382) va hujumda qilingan aniq uzatmalar (142) bo'yicha eng yaxshi.

Yarimhimoya:

Rodri (Ispaniya) — bir Jahon chempionatidagi aniq uzatmalar soni bo'yicha rekord o'rnatdi (756), chiziqlar orasiga uzatmalar (122) va to'p bilan oldinga siljishlar (164) bo'yicha eng yaxshi.

Jude Bellinghem (Angliya) — 7 ta gol urdi, zarbalarining 37 foizini golga aylantirdi.

Leandro Trossar (Belgiya) — «gol+assist» tizimi bo'yicha 2+2, o'yin davomidagi golli vaziyatlar bo'yicha eng yaxshi (17).

Hujum:

Lionel Messi (Argentina) — turnirning ikkinchi eng yaxshi to'purari (8 ta gol), golli vaziyat yaratuchi uzatmalar bo'yicha yetakchi (25).

Kilian Mbappe (Fransiya) — turnirning eng yaxshi to'purari (10 ta gol) va Jahon chempionatlari tarixidagi eng sermahsul to'purari (22 ta gol).

Erling Holand (Norvegiya) — turnir davomida to'pga atigi 120 marta tegib, 7 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar