39 yoshli Argentina milliy jamoasi futbolchisi Lionel Messi finaldan so'ng Lamin Yamal unga nima degani haqidagi savolga javob berdi.
2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentina milliy jamoasi Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
«Yamal menga nima dedi? U meni quchoqlab, tasalli berdi va bir necha marta yig'lamasligimni so'radi. Lamin — juda oqko'ngil va mehribon inson», — dedi Messi.
2026 yilgi jahon chempionatida Messi barcha 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Final esa turnir davomida Messi gol yoki qayd etmagan yagona o'yin bo'ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi