Bugun
30
O'zbek

Rodri - JCH, Yevro, YCHL va «Oltin to'p»ni yutgan to'rtinchi futbolchi

Futbol
20 iyul, 11:20
Oxirgi marta bunday natijaga Zidan erishgandi.
Rodri - JCH, Yevro, YCHL va «Oltin to'p»ni yutgan to'rtinchi futbolchi
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri 2026 yildagi Jahon chempionatidagi g'alabadan so'ng yana bir ko'rsatkich bo'yicha futbol tarixiga kirdi.

Mundial finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi. Rodri esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shu tariqa, ispan futbolchi tarixda Jahon chempionati, Yevropa chempionati, Chempionlar ligasi (yoki Yevropa chempionlar kubogi) va «Oltin to'p» sovrinlarining barchasini qo'lga kiritgan to'rtinchi futbolchiga aylandi.

Bungacha bunday natijaga faqat germaniyaliklar Gerd Myuller va Frans Bekkenbauer, shuningdek, fransiyalik Zinedin Zidan erishgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar