Polymarket platformasi 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng "Oltin to'p" sohibi bo'lishga da'vogarlar ro'yxatini yangiladi.
Nufuzli sovrinning asosiy favoriti sifatida Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal ko'rsatilmoqda. Platforma foydalanuvchilari uning g'alaba qozonish ehtimolini 51 foizga baholamoqda.
Da'vogarlar ro'yxatida 2-o'rinni Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn 27 foizlik ko'rsatkich bilan band etgan. Keyingi o'rinlarda esa Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi (8 foiz) va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe (4 foiz) joylashgan.
Ma'lumot o'rnida, Ispaniya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentinani qo'shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag'lub etib, jahon chempioniga aylandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi