Ispaniya milliy jamoasi JCh-2026 finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.
AQSHning Ist-Raterford shahridagi «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. G‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi. Bellashuvdagi yagona golni 106-daqiqada Ferran Torres kiritdi va Ispaniyaga chempionlikni taqdim etdi.
Shu tariqa, Luis de la Fuente boshqaruvidagi jamoa 2010 yildan keyin ilk bor mundial bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Ispanlar ilk chempionligini Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan JCh-2010 finalida Niderlandiyani ham 1:0 hisobida, qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etib qo‘lga kiritgandi. O‘shanda g‘alaba goliga Andres Inyesta mualliflik qilgan edi.
Amaldagi jahon chempioni sifatida turnirni boshlagan Argentina esa chempionlik unvonini topshirib, musobaqani kumush medallar bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsida Angliya Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.