Bugun
30
O'zbek

"Roma" Sammervill uchun uchinchi taklifini yubordi

Futbol
20 iyul, 15:17
Endi esa italiyaliklar transferni tezroq yakunlash maqsadida taklif miqdorini yana oshirdi.
"Roma" Sammervill uchun uchinchi taklifini yubordi
Фото: Getty Images

"Roma" klubi "Vest Hem" vingeri Krisensio Sammervillni transfer qilish uchun uchinchi rasmiy taklifini yubordi.

Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko'ra, Rim klubi niderlandiyalik 24 yoshli futbolchi uchun 47 million yevro to'lashga tayyor. Bu summaga turli bonuslar kiritilmagan.

Avvalroq "Roma" Sammervill uchun 46 million yevro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa italiyaliklar transferni tezroq yakunlash maqsadida taklif miqdorini yana oshirdi.

O'tgan mavsumda Krisensio "bolg'achilar" safida barcha turnirlar doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar