"Vest Hem" hujumchisi Jarrod Bouen jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Angliyalik 29 yoshli futbolchi jamoa kelasi mavsum Chempionshipda ishtirok etishiga qaramay, londonliklar safida qolishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, Bouen yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi.
Jarrod 2020 yilning yanvar oyida "Hall Siti"dan 20 million yevroga "bolg'achilar" safiga ko'chib o'tgan. Shu vaqt davomida u klub safida 279 ta uchrashuvda maydonga tushib, 84 ta gol urdi va 58 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 42 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 12 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.