"Paxtakor" himoyachisi Shahzod Azmiddinov faoliyatini Kuvaytda davom ettiradi.
25 yoshli futbolchi "As Salmiya" klubi tomonidan tanishtirildi.
Kelishuv tafsilotlari va shartnoma muddati ma'lum qilinmadi.
Ma'lumot uchun, "As Salmiya" Kuvayt chempionatida 23 o‘yinda 37 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egallab turibdi.
Azmiddinov mavsumning birinchi qismida Superligada atigi 3 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi.
