Bugun
1
O'zbek

"Barsa" va "Real" Romeroni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Futbol
20 iyul, 03:30
Shuningdek, "Atletiko" ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
"Barsa" va "Real" Romeroni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Foto: Getty Images

"Barselona" va "Real" "Tottenhem" himoyachisi Kristian Romeroni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Qayd etilishicha, har ikki La Liga grandi argentinalik futbolchining transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. Shuningdek, "Atletiko" ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

28 yoshli himoyachi esa ushbu transfer oynasida "taqachilar" safini tark etishga tayyor. "Tottenhem" o'z sardori uchun taxminan 50 million funt sterling talab qilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Romero Argentina milliy jamoasi safida 2026 yildagi jahon chempionati finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar