Live
5
O'zbek

«MYU»ning 16 yoshli futbolchisi yaqin vaqt ichida «Real»ga o‘tishi kutilmoqda

Futbol
6 noyabr, 22:00
    11
Futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida ikki ispan grandi o‘rtasidagi tanlovi haqida gapirdi.
«MYU»ning 16 yoshli futbolchisi yaqin vaqt ichida «Real»ga o‘tishi kutilmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning 16 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Jey-Jey Gabriel yaqin vaqt ichida Madridning «Real» klubiga o‘tishi kutilmoqda.

Angliyalik futbolchi allaqachon Ispaniya poytaxtiga yetib kelgan va hozirda individual mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Uning transferi tez orada rasman e’lon qilinishi mumkin.

Gabriel «Real» safida o‘ynash istagini yashirmayapti. U Marca nashriga bergan intervyusida ikki ispan grandi o‘rtasidagi tanlovi haqida gapirdi.

«Real» yoki «Barselona»? Albatta, «Real», — dedi yosh futbolchi. Avvalroq «Barselona» ham Gabrielni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgani xabar qilingandi. Biroq kataloniyaliklar iqtidorli futbolchi uchun kurashda madridliklarga imkoniyatni boy bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gabriel dastlab «Real»ning ikkinchi jamoasi «Kastilya» safida to‘p tepadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar