Live
8
O'zbek

Reshford «MYu»ga qarshi o‘ynashni istamagan

Futbol
6 noyabr, 14:33
O‘tgan mavsumda Markus ijara asosida «Barselona» safida harakat qildi.
Reshford «MYu»ga qarshi o‘ynashni istamagan
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford «Aston Villa»da o‘ynagan vaqtida «qizil iblislar»ga qarshi bahsda ishtirok etishni istamaganini aytdi.

«Har mavsumda «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘ynayverishni istamadim. Agentimga: «Agar «Yunayted»ga qaytish imkoni bo‘lmasa, menga xorijdan klub izla. Faqat Premyer-ligada o‘ynamayman», dedim», — deya Reshfordning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

O‘tgan mavsumda Markus ijara asosida «Barselona» safida harakat qildi. Shundan so‘ng hujumchi «Manchester Yunayted»ga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar