Live
2
O'zbek

Ferran Torres «Barselona»ga qaytishga tayyor — manba

Futbol
6 noyabr, 13:23
    9
Torresning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Ferran Torres «Barselona»ga qaytishga tayyor — manba
Фото: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Ferran Torres «Barselona»ga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik 26 yoshli futbolchi Parij klubiga ko‘chib o‘tganidan afsusda. U jamoani tark etib, Kataloniyaga qaytishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ferran «PSJ» safida dastlabki 6 ta o‘yinda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq futbolchi qatorasiga 6 ta bahsdan beri maydonni golsiz tark etmoqda.

Torresning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, «PSJ» Ferranni 2026 yilning avgust oyida 48,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. U «Barsa»da 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol urgan. Shuningdek, jamoa bilan 7 ta sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Transfermarkt portali uning hozirgi transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar