«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri APL doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu yerda 4 yildan buyon ishlayapman va biz «Old Trafford»da doim mag‘lub bo‘lyapmiz. Ushbu stadionda o‘ynash men va futbolchilarim uchun jiddiy sinov.
Natijaga erishish uchun jamoaviy va individual jihatdan eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak.
«Manchester Yunayted» — ajoyib klub. O‘tgan mavsumda ular yaxshi o‘ynab, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olishdi.
Bu mavsumda barqaror emas, ammo yana o‘z darajasiga qaytishi kerak. Umid qilamanki, bu yakshanba kuni bizga qarshi o‘yinda sodir bo‘lmaydi», — dedi Emeri.
Ma’lumot uchun, ayni paytda «Manchester Yunayted» 7 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. «Aston Villa» esa 12 ochko bilan 10-pog‘onani egallagan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 8 noyabr kuni «Old Trafford»da Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Avvalroq Emeri APLdagi 100-g‘alabasiga erishgani ma’lum qilingandi.