Bugun
1
O'zbek

Kataloniyalik deputat: "Ispaniya – Infantino – 1:0"

Futbol
20 iyul, 05:00
Kongress vakili FIFA prezidentining Argentinaga xayrixohligi haqidagi gaplarga ishora qildi.
Kataloniyalik deputat: "Ispaniya – Infantino – 1:0"
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Ispaniya Kongressi deputati Gabriel Rufian JCH-2026 finaliga munosabat bildirdi.

Mundialning hal qiluvchi bahsida Ispaniya milliy jamoasi qo'shimcha bo'limlarda Argentina ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, turnir g'olibi bo'ldi.

Kataloniyaning "Chap respublikachilar" partiyasi vakili esa ijtimoiy tarmoqda shunday deb yozdi: "Ispaniya – Infantino – 1:0".

Bu ibora bilan u turnir davomida FIFA prezidentining Argentinaga moyillik ko'rsatgani haqidagi tanqid va bahslarga ishora qilgan. Infantino 2016 yildan buyon tashkilot prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar