Argentina milliy jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati finalining birinchi bo‘limida raqib darvozasi tomon birorta ham zarba yo‘llamadi. Shu tariqa Lionel Skalonining shogirdlari ushbu antirekordni qayd etgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi.
Bunday holat avval faqat Fransiya milliy jamoasi bilan kuzatilgandi. Fransuzlar 2022-yilgi Jahon chempionati finalining birinchi bo‘limida Argentinaga qarshi bahsda ham birorta zarba bera olmagandi. O‘shanda asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 3:3 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida Argentina 4:2 hisobida g‘alaba qozongan.
Statistikaga ko‘ra, Ispaniya birinchi bo‘limda 3 ta, Argentina esa 0 ta zarba yo‘lladi. Jami 3 ta zarba 1966-yildan buyon, ya’ni bunday statistika yuritila boshlaganidan beri, Jahon chempionati finallari tarixidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, Argentina 1966-yildan buyon ilk bor Jahon chempionati bahsining birinchi bo‘limida raqib darvozasi tomon birorta ham zarba bera olmadi.