Bugun
1
O'zbek

Emiliano Martines JCh finallaridagi darvozabonlarga xos rekordni yangiladi

Futbol
19 iyul, 17:34
Darvozabon asosiy vaqtning o‘zida 10 ta seyv amalga oshirib, mundial finallari tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Emiliano Martines JCh finallaridagi darvozabonlarga xos rekordni yangiladi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi darvozaboni Emiliano Martines JCh-2026 finalida yana bir tarixiy rekord muallifiga aylandi.

Finalning asosiy vaqtida 32 yoshli posbon 10 ta seyv amalga oshirdi. Bu esa Jahon chempionati finallari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Martinesning ishonchli o‘yini evaziga Argentina asosiy vaqt davomida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va bahs 0:0 hisobida qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

Qayd etish joiz, finalning asosiy vaqtida Argentina darvoza tomon birorta ham zarba bera olmadi va mundial finallari tarixidagi bunday antirekordni qayd etgan ilk jamoaga aylandi. Shunga qaramay, Emiliano Martinesning rekord darajadagi seyvlar seriyasi amaldagi jahon chempioniga o‘yinda qolish imkonini berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar