JCh-2026 finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgan Ispaniya milliy jamoasi yana bir tarixiy natijani qayd etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Luis de la Fuente shogirdlari 38 ta bahsdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani rasmiylashtirib, jahon rekordini yangiladi. Shu tariqa, ispanlar avvalgi rekord sohibi bo‘lgan Italiya milliy jamoasining 37 o‘yinlik natijasini ortda qoldirdi.
Ispaniyaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 2024 yilning mart oyida boshlangan. Bu davr mobaynida jamoa 28 ta g‘alaba va 10 ta durang qayd etdi.
Ispaniya oxirgi marta Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan buyon jamoa biror marta ham yutqazmadi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ferran Torresning qo‘shimcha bo‘limlardagi yagona goli Ispaniyaga o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini taqdim etdi.