Live
2
O'zbek

Vinisiusni faqat bitta klub sotib olishi mumkin - manba

Futbol
18 iyul, 11:48
Hozirda Vinisiusning transfer bahosi 140 million yevroga baholanmoqda.
Vinisiusni faqat bitta klub sotib olishi mumkin - manba
Фото: Getty Images

«Real» klubi vinger Vinisius Junior bilan yangi mehnat shartnomasi borasida kelisha olmayapti. Bu haqida insayder Romen Molina xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. «Qaymoqranglilar» agar yangi bitim imzolashning iloji bo'lmasa, braziliyalik 26 yoshli futbolchini sotib yuborishi mumkin.

Hozirgi vaqtda Vinisiusning transferini amalga oshirishga qodir bo'lgan yagona klub — «Manchester United».

Hozirda Vinisiusning transfer bahosi 140 million yevroga baholanmoqda. Uning «qirollik klubi» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Vinisius 2018 yilning yozidan beri Madrid klubi safida to'p tepib keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar