Live
1
O'zbek

Mourinyo «Real» rahbariyatidan yangi transfer so‘radi

Futbol
18 iyul, 14:13
Portugaliyalik mutaxassis jamoaga to‘pga kam tegib ham o‘yinni o‘zgartira oladigan futbolchi kerakligini aytgan.
Mourinyo «Real» rahbariyatidan yangi transfer so‘radi
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub rahbariyatidan yangi futbolchi transferini amalga oshirishni so‘ragan. Bu haqda jurnalist Serxio Valentin xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis bir necha hafta avval «qirollik klubi» rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda Mourinyo jamoaga to‘pga minimal teginishlar bilan o‘yin sifatini oshira oladigan futbolchi zarurligini ta'kidlagan.

Xabarda aytilishicha, «Real» rahbariyati hozirda bunday transferni amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Biroq Mourinyo aynan qaysi futbolchini nazarda tutgani ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2026 yil yozida «Real» bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Madrid klubi bilan 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ma'lumot uchun, Mourinyo avval ham 2010–2013 yillar oralig‘ida «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionligi, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar