Live
2
O'zbek

Angliya JChdagi so‘nggi 60 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etishi mumkin

Futbol
18 iyul, 17:35
«Uch sherlar» uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyani mag‘lub etsa, 1966 yildan beri erisha olmagan natijani qayd etadi.
Angliya JChdagi so‘nggi 60 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etishi mumkin
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

JCh-2026 yakunlanib bormoqda. Turnirning so‘nggi oldingi bahsida Fransiya va Angliya milliy jamoalari uchinchi o‘rin uchun o‘zaro to‘qnash kelmoqda.

Angliya uchrashuvni faol boshladi va 3-daqiqadayoq jamoa sardori Deklan Raysning goli evaziga hisobni ochdi.

Mazkur bahs ingliz futboli uchun tarixiy ahamiyatga ham ega. Agar Angliya g‘alaba qozonsa, jamoa 1966 yilgi jahon chempionatidan buyon eng yaxshi natijasini qayd etadi.

Gap shundaki, Angliya 1966 yilda jahon chempioniga aylanganidan so‘ng mundiallarda bundan yaxshiroq natijaga erisha olmagan. Jamoaning ushbu davrdagi eng yuqori ko‘rsatkichi 1990 va 2018 yilgi turnirlarda qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi o‘rin bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, inglizlar ushbu 60 yil davomida uch marta jahon chempionati final bosqichiga ham yo‘llanma ololmagan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya JCh-2026 yarimfinalida Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Fransiya esa Ispaniyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Endi jamoalar mundialning bronza medallari uchun kurash olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar