Live
2
O'zbek

Olise bitta mundialdagi assistlar bo‘yicha Pelening 56 yillik rekordini yangiladi

Futbol
18 iyul, 18:45
Fransiyalik vinger JCh-2026dagi yettinchi golli uzatmasini amalga oshirdi.
Olise bitta mundialdagi assistlar bo‘yicha Pelening 56 yillik rekordini yangiladi
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

Fransiya milliy jamoasi vingeri Maykl Olise JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun Angliyaga qarshi bahsda yana bir tarixiy natijaga erishdi.

24 yoshli futbolchi uchrashuvda ketma-ket ikkinchi golli uzatmasini amalga oshirdi va ushbu mundialdagi assistlari sonini 7 taga yetkazdi.

Opta statistik portaliga ko‘ra, Olise shu tariqa braziliyalik afsona Pelega tegishli rekordni yangiladi. Pele 1970 yilgi jahon chempionatida bitta turnir davomida 6 ta assist qayd etgan edi.

Qayd etilishicha, assistlar statistikasi 1966 yildan buyon yuritib kelinadi va Olise ushbu davr mobaynida bitta jahon chempionatida 7 ta golli uzatma amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya va Fransiya o‘rtasidagi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsning ikkinchi bo‘limida inglizlar 4:3 hisobida oldinda bormoqda. Olise esa turnirning eng sermahsul futbolchilaridan biri sifatida tarixiy rekord o‘rnatdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar