Live
1
O'zbek

Rodrigoning jarohatdan qachon qaytishi ma'lum

Futbol
18 iyul, 15:15
«Real» vingeri maydonga 2027 yil boshida qaytishi kutilmoqda.
Rodrigoning jarohatdan qachon qaytishi ma'lum
Foto: Getty Images

«Real» vingeri Rodrigo og‘ir jarohatdan tiklanishda davom etmoqda. Diario AS xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2027 yil boshida yana maydonga qaytishi kutilmoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Rodrigo o‘ng tizzasining oldingi xochsimon boylami uzilishi va tashqi menisk shikastlanishi sabab o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng reabilitatsiya jarayonini davom ettirmoqda.

Futbolchi ushbu jarohatni mart oyida La Liga doirasidagi «Xetafe»ga qarshi bahsda olgan edi.

Rodrigo 2019 yilda 45 million yevro evaziga «Santos»dan «Real» safiga kelib qo‘shilgan. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsumda vinger barcha musobaqalarda 27 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar