Live
2
O'zbek

Venger: «Mbappeni «Arsenal»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilganman»

Futbol
18 iyul, 16:23
Fransiyalik mutaxassis hujumchi va uning oilasi bilan Monakoda shaxsan uchrashganini aytdi.
Venger: «Mbappeni «Arsenal»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilganman»
Foto: Getty Images

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z vaqtida Kilian Mbappeni London klubiga olib kelishga uringanini ma'lum qildi.

«Men Kilian Mbappeni «Arsenal»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilganman. Samolyot chiptasini olib, Monakoga uchdim. O‘sha oqshom uning uyida ota-onasi bilan uchrashdim. Ular ko‘chib o‘tishga deyarli tayyor edi. Ammo keyin «Monako» Kilian asosiy jamoada imkoniyat olishini tushunishdi», — dedi Venger BBC nashriga.

Mbappe «Monako» asosiy jamoasidagi debyutini 2015 yilda, 16 yoshida o‘tkazgan. Keyinchalik u 180 million yevro evaziga «PSJ»ga ko‘chib o‘tib, o‘sha paytda futbol tarixidagi ikkinchi eng qimmat transfer muallifiga aylangandi.

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe faoliyati davomida «Monako», «PSJ» klublari va Fransiya milliy jamoasi safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan hamda zamonaviy futbolning eng yorqin yulduzlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Hozirda esa u «Real» safida to'p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Monaco Monaco
  • Fransiya Fransiya
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar