Live
1
O'zbek

Bugun Deshamning Fransiya bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi bahsi. Uni nega buyuk murabbiy deyishadi?

Futbol
18 iyul, 13:30
14 yil davomida Fransiya futbolini yangi cho‘qqilarga olib chiqqan mutaxassis o‘z davrini yakunlamoqda.
Bugun Deshamning Fransiya bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi bahsi. Uni nega buyuk murabbiy deyishadi?
Foto: Getty Images
HT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 0 : 4 Angliya Angliya

Bugun Didye Desham Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida so‘nggi bor jamoani maydonga boshlab tushadi.

Mutaxassis 2012 yilda milliy jamoani qabul qilib olganida, Fransiya futboli tarixidagi eng og‘ir davrlardan birini boshdan kechirayotgan edi. Jamoa Yevro-2008 va JCh-2010 musobaqalarida guruh bosqichidan chiqa olmagan, kiyinish xonasidagi ziddiyatlar esa vaziyatni yanada murakkablashtirgandi.

Biroq Desham boshqaruvidagi ikkinchi yirik turnoqning o‘zidayoq Fransiya yana grandlar qatoriga qaytdi va Yevro-2016 finaliga qadar yetib bordi.

Desham davridagi Fransiya pragmatik futboli bilan ajralib turardi. Ko‘pchilik jamoani ehtiyotkor va tomoshabop bo‘lmagan uslubi uchun tanqid qilgan bo‘lsa-da, bu yondashuv o‘z samarasini berdi. Fransiya JCh-2018da chempion bo‘ldi, UEFA Millatlar ligasi-2021 g‘olibiga aylandi hamda JCh-2022da kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Aynan Desham qo‘l ostida Kilian Mbappe, Usmon Dembele, N'Golo Kante va yana bir qator iste'dodli futbolchilar milliy jamoaning yetakchilariga aylandi.

Desham tarixda jahon chempionligini ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan uchinchi inson bo‘ldi. Shuningdek, u Fransiya milliy jamoasi tarixida eng ko‘p bahsda bosh murabbiylik qilgan mutaxassis sifatida ham tarixga kirdi.

Ma'lumot uchun, Fransiya bugun JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsda Angliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Deshamning «uchranglilar» boshqaruvidagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar