Live
2
O'zbek

Rojers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi

Futbol
18 iyul, 16:39
«Aston Villa» klubi yarimhimoyachisi faoliyatini Londonda davom ettirishga yaqin turibdi.
Rojers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi
Foto: Gettyimages

«Aston Villa» yarimhimoyachisi Morgan Rojers Enso Fernandesni ortda qoldirib, «Chelsi» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.

Avvalroq manbalar Rojers «ko‘klarga» 117 mln funt sterlingga tushishi, bu esa 137,5 mln yevroni tashkil qilishi haqida xabar bergandi. 2023-yil qishida Fernandesning transferiga «Chelsi» 121 mln sarflagandi. Yaqin soatlarda ushbu transfer rekordi yangilanishi kutilmoqda.

«Chelsi»ning eng qimmat xaridlari uchligidan - Moyses Kaysedo o‘rin olgan («Brayton» 116 mln yevro). Undan keyin Romelu Lukaku (113 mln) va Kay Havers (100 mln) turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur insayder Fabritsio Romano qaysi kuni Rojers rasman «aristokratlar» futbolchisi sifatida tanishtirilishini ma’lum qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar