Angliya milliy jamoasi hujumchisi Markus Reshford yangi mavsumga tayyorgarlikni «Manchester Yunayted» bilan boshlaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Kerrik 28 yoshli hujumchiga o'zini ko'rsatish va asosiy tarkib uchun kurashish imkoniyatini bermoqchi.
Shu bois klub rahbariyati Reshfordni sotish masalasida shoshilmaslikka qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, Markus 2024 yil dekabridan beri «MYu» safida maydonga tushmagan. 2025 yil fevraldan may oyigacha u «Aston Villa» tarkibida ijara asosida o'ynadi, o'tgan mavsumni esa to'liq «Barselona»da o'tkazdi.