Tailandda davom etayotgan suv sporti turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yana shohsupaga ko‘tarildi.
Suzish bahslarida Muhammadismoil Rahmonov U-18 toifasida 200 metrga brass usulida suzish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
Shuningdek, Parizod Abdukarimova U-18 toifasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Tailand mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi turli yo‘nalishlarda medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.