«Frayburg» rasmiy sayti orqali yarimhimoyachi Yannik Engelxardtning «Komo»dan transfer qilinganini rasman e'lon qildi.
«"Frayburg" bilan aloqalarim hech qachon uzilmagan — na futbolchilar, na klub rahbariyati bilan. Bu yerga qaytganimdan juda xursandman, meni juda iliq kutib olishdi. Bu yerda yuksak maqsadlar sari intilish muhiti hukm suradi, bu esa menga juda yoqadi. Endi imkon qadar tezroq ishga kirishishni intiqlik bilan kutyapman», — dedi Engelxardt klub matbuot xizmatiga.
Yannik Engelxardt «Verder» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U avval ham 2021–2023 yillar oralig‘ida «Frayburg» tizimida to‘p surib, klubning yoshlar jamoasi safida harakat qilgan.
Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali 24 yoshli yarimhimoyachining transfer qiymatini 7 million yevro deb baholamoqda.