Live
1
O'zbek

Ouen: «Meksika ustidan qozonilgan g‘alaba — yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariy edi»

Futbol
18 iyul, 14:20
Sobiq hujumchisi nima uchun 1/8 finalidagi g‘alaba yakunda jamoaning JCHni tark etishiga sabab bo‘lganini aytdi.
Ouen: «Meksika ustidan qozonilgan g‘alaba — yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariy edi»
Foto: Gettyimages
HT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 0 : 4 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Maykl Ouen nima sababdan 1/8 final bosqichida Meksika ustidan kamchilikda qo‘lga kiritilgan g‘alaba (3:2) yakunda inglizlarning musobaqani tark etishiga sabab bo‘lganini tushuntirib berdi.

Uning fikriga ko‘ra, o‘sha o‘yin futbol jasorati haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otdi va bu keyinroq yarimfinalda Argentinaga qarshi bahsda (1:2) qimmatga tushdi.

«Meksika ustidan qozonilgan g‘alaba Angliya bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariy edi. Bu jahon chempionati g‘olib bo‘lish rejasi emas, mag‘lubiyatga olib boruvchi reja edi. O‘sha o‘yindan keyinoq xavfli eyforiya haqida ogohlantirgandim. U g‘alabani buyuk performans deyishgandi, meni esa — bunga teskari fikr aytganim uchun noliyveradigan insonga chiqarishgandi. Afsuski, bu hammani aldadi — hattoki futbolchilarni o‘zini ham — ular ortga qaytib natijani himoya qilsang, seni qahramonlardek ko‘kka ko‘tarishlariga ishonib qolishdi. Bu aslida safsata. Sen natijani to‘pni nazorat qilib, ikkinchi golni urib, himoya qilasan va aytasan: «Biz bir soat davomida sizdan yaxshiroq edik, endi yana yarim soat shunday bo‘ladi».

Buning o‘rniga biz o‘zgartirib bo‘lmaydigan narsani ko‘rdik. Angliya yutqazib qo‘yish ehtimolidan dahshatga tushdi. Mutlaqo falaj bo‘lib qolgandek. Siz o‘zingizni o‘zingiz yengdingiz», — deya Ouen so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Sun.

Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi jahon chempionati 3-o‘rini uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar