Live
5
O'zbek

"Real" Karreras uchun narx belgiladi

Futbol
18 iyul, 10:15
Futbolchiga APLdan taklif bor.
"Real" Karreras uchun narx belgiladi
Фото: Getty Images

«Real» klubi yozgi transfer vaqtida chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «qaymoqranglilar» 23 yoshli futbolchi bo'yicha «Chelsi»dan 25 million yevro miqdorida taklif olgan. Biroq madridliklar o'z futbolchisini bunday summaга qo'yib yuborish niyatida emas va uni kamida 50 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Karreras o'tgan yilda «Benfika»dan «Real»ga 50 million yevro evaziga kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 40 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta assistni qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar