«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta 19 yoshli himoyachi Maylz Lyuis-Skelli atrofidagi transfer mish-mishlariga munosabat bildirdi.
«U juda hissiyotga beriluvchan futbolchi. Esingizdami, u maydonda barcha o‘sha imo-ishoralarni qilardi? Men hech qanday mish-mish haqida gapirmoqchi emasman. Agar bizning futbolchilarimiz haqida gapirishayotgan bo‘lsa, bu yaxshi belgi. Demak, biz e’tibor tortyapmiz», — deya Artetaning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
Avvalroq «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari Lyuis-Skelli xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Lyuis-Skelli o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 36 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi