L’Équipe ma’lumotiga ko‘ra, «Nyukasl» va «Tottenhem» «Monako» hujumchisi Folarin Balogun transferiga qiziqish bildirmoqda. «Tottenhem» vakillari futbolchi bo‘yicha dastlabki aloqalarni o‘rnatgan.
Manbaga ko‘ra, «Monako» 25 yoshli hujumchini taxminan 60 million yevroga sotishga tayyor.
Balogunga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi hamda Saudiya Arabistonining bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, amerikalik hujumchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta bahsda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.