«Manchester Siti» Jeremi Dokuning shartnomasini uzaytirganini e’lon qildi. Yangi kelishuv 24 yoshli belgiyalik vinger bilan 2031 yilgacha amal qiladi.
Doku 2023 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p tepmoqda. U o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 30 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Doku Belgiya milliy jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi