Bugun
45
O'zbek

Syorlot jarohati sabab «Atletiko»ning mavsum boshidagi bahslarini o‘tkazib yuboradi

Futbol
13 avgust, 07:15
Norvegiyalik hujumchi mushaklaridagi jarohat tufayli yangi mavsumni o‘tkazib yuboradi.
Syorlot jarohati sabab «Atletiko»ning mavsum boshidagi bahslarini o‘tkazib yuboradi
Foto: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot jarohati sabab 2026/27 yilgi mavsumning dastlabki bahslarida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi o‘tgan hafta mashg‘ulotlardan birini muddatidan avval tark etgan va shundan so‘ng Janubiy Koreyadagi yig‘inga bormagan futbolchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmagan. Norvegiyalik futbolchida mushak jarohati aniqlangan.

Syorlot mavsum boshidagi bir nechta bahsni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» 2026/27 yilgi mavsumdagi ilk bahsini 19 avgust kuni La Liga 1-turida «Malaga»ga qarshi o‘tkazadi. Syorlot o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 35 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar