Bugun
45
O'zbek

Velotrek. Svetkov va Rostovsev Budapeshtdagi turnirda 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boshqa sportlar
13 avgust, 08:00
O‘zbekiston jamoasi vakillari 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Velotrek. Svetkov va Rostovsev Budapeshtdagi turnirda 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Foto: OlympicUz

11–12 avgust kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida velotrek bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari Nikita Svetkov va Sergey Rostovsev qator dasturlarda ishtirok etdi.

Sportchilarimiz musobaqada 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Oltin medallar:
— Nikita Svetkov — omnium;
— Sergey Rostovsev — ochkolar poygasi.

Kumush medal:
— Sergey Rostovsev — skretch.

Bugungi yangiliklar