Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Latsio» Davide Frattezini «Inter»dan transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Frattezi Rim klubiga 1 million yevro evaziga ijara asosida qo‘shiladi. Shartnomada futbolchini 14 million yevroga sotib olish bandi ham mavjud. Ushbu band futbolchining maydonga tushgan o‘yinlari soni yoki «Latsio»ning A Seriyadagi yakuniy o‘rniga qarab majburiy tarzda faollashadi.
«Inter» shuningdek, Frattezining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foizini olish huquqini saqlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Davide Frattezi 2022 yildan buyon «Inter» safida to‘p tepib kelmoqda.